Mirziyoyev Cherchilldan iqtibos keltirdi

© AP PhotoUinston Cherchil. Arxivnoe foto
Uinston Cherchil. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga tadbirkor haqida o‘z fikrini aytdi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun, 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda eng katta armoni nima ekani haqida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

Posetiteli rasmatrivayut futbolki na Mejdunarodnoy xlopkovoy vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti
"Joylarda ba’zi mutasaddilar tadbirkorga kalamushday yopishib olgan. Tadbirkorlarni tekshiraverib, ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Ularni amalda yetarlicha qo‘lab-quvvatlay olmayotganimiz mening eng katta armonim. Ikki yil ular tekshirilmaydi. Endi ularni tekshirish bilan prokuraturaning maxsus bo‘limi shug‘ullanadi. Buni shaxsan prezident nazorat qiladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.

Tadbirkorlar haqida gapirar ekan, Mirziyoyev britaniyalik siyosatchi Uinston Cherchilni esga oldi. "Cherchillni ko‘proq o‘qigan odam kam bo‘lmaydi, u bizning hayotimizga mos gaplarni aytgan. Men sizlarga uning tadbirkorlar haqida jaydari tilda aytgan gapini misol keltirmoqchiman.

"Ba’zilar tadbirkor deganda sog‘in sigirni, ba’zilar og‘ir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi", degan.

Cherchil bekorga aytmagan bu gaplarni. Yakka hokimlikka hech kimning haqqi yo‘q", — dedi O‘zbekiston prezidenti va barchaga Cherchillni ko‘proq o‘qib turishni maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0