Ramzan Qodirovning Instagram va Facebookdagi sahifalari yopib qo‘yildi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chorshanba kuni AQSh besh nafar rossiyalikni, jumladan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni "Magnitskiy ro‘yxati"ga kiritdi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlamay qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qodirovning @kadyrov_95 sahifasiga kirishga urinilganida sahifaga kirish imkoni yo‘qligi haqida xabar chiqmoqda. Shuningdek, siyosatchining Facebookdagi sahifasi ham ishlamayapti.

Chorshanba kuni AQSh besh nafar rossiyalikni, jumladan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni "Magnitskiy ro‘yxati"ga kiritdi. Qodirovning o‘zi u hayotini terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlagani uchun AQSh uni kechira olmayotganini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0