Jamiyat

Oʻzbekistonda haydovchilardan texnik koʻrik vaqtida tibbiy maʼlumotnoma soʻrash bekor qilindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishSotrudnik servisnogo tsentra osuщestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva
Sotrudnik servisnogo tsentra osuщestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgari avtomobil egalari texnik koʻrik vaqtida aynan mana shu maʼlumotnoma sababli muammolarga duch kelishardi

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Endi Oʻzbekistonda transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqtida haydovchilikka yaroqlilik tibbiy maʼlumotnomasini taqdim qilish kerak boʻlmaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻn ming nafar oʻzbekistonlik yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻldi

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bu toʻgʻrisidagi hujjatni imzoladi.

Ilgari avtomobil egalari texnik koʻrik vaqtida aynan mana shu maʼlumotnoma sababli muammolarga duch kelishardi. Uni olish uchun bir nechta tibbiyot muassalarida kunlab navbatda turishga toʻgʻri kelardi.

Endi transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uning egasi pasporti, haydovchilik guvohnomasi, texpasport, gaz ballonining sinovdan oʻtkazilganligi haqidagi dalolatnoma (agar gaz ballon oʻrnatilgan boʻlsa) va koʻrik uchun yigʻim toʻlovi toʻlanganligi haqidagi kvitantsiyani taqdim etadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 oktyabrdan boshlab haydovchilik guvohnomalari va texnik pasportlar yangi namunadagilariga almashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala