Jamiyat

Toshkentda ilk bor xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov boʻlib oʻtmoqda

© Sputnik / Natalya AyriyanVыborы
Vыborы - Sputnik Oʻzbekiston
Har bir tumanga 30 nafardan deputat saylanishi belgilangan

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda ilk bor xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov boʻlib oʻtmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda xalq deputatlari tuman kengashlari caylov targʻibot ishlari boshlandi

"Poytaxtdagi 11 tumanda 330 saylov okrugi va 855 saylov uchastkasi tashkil etilgan", — deb maʼlum qildi Toshkent shahar saylov komissiyasi.

Saylov uchastkalari ertalab soat 6.00da ochildi va soat 20.00ga qadar ishlaydi.

Nizomga koʻra, har bir tumanga 30 nafardan deputat saylanishi belgilangan. Tuman Kengashlariga deputatlikka 1650 nafar nomzod koʻrsatilgan.

Saylovda respublikada faoliyat yuritayotgan 4 siyosiy partiya hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz nomzodlari bilan ishtirok etmoqda.

Saylovning dastlabki natijalari ovoz berish yakunlanganidan soʻng eʼlon qilinishi rejalashtirilgan. Ovoz berishning yakuniy natijalari oʻn kun ichida eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala