Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

© Press-slujba prezidenta RUZPrezident Mirziyoyev golosoval na viborax deputatov goroda Tashkenta
Prezident Mirziyoyev golosoval na viborax deputatov goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovning dastlabki natijalari ovoz berish yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov munosabati bilan ovoz berish jarayonida ishtirok etdi, deb yozadi O‘zLiDeP matbuot xizmati.

Vibori - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ilk bor xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda

Mazkur saylovdagi eng muhim yangiliklardan biri shuki, saylov davomida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amaliyotga tatbiq etildi.

Ovoz berish jarayonida qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 saylov okrugiga bittadan nomzod ko‘rsatgan.

Saylov uchastkalari ertalab soat 6.00da ochildi va soat 20.00ga qadar ishlaydi.

Saylovning dastlabki natijalari ovoz berish yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Ovoz berishning yakuniy natijalari o‘n kun ichida e’lon qilinadi.

"Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida"gi Qonun 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0