Mirziyoyev ayovsiz "savalagan" Ostrogorskiy kim?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v rasshirennom sostave
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v rasshirennom sostave - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy Majlis senati va qonunchilik palatasi aʼzolariga yoʻllagan murojaatnomasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligi 20 yil davomida Ostrogorskiyga oʻxshagan noinsoflar qoʻlida boʻlganligi, haydalib ketganidan keyin ham, to hozirga qadar hisobotlardan Ostrogorskiyning hidi kelib turganini taʼkidladi

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligida faoliyat yuritgan, oʻzbek millatini sevmaganligi tufayli ishdan haydalgan "noinsof Ostrogorskiy" haqida oʻz murojaatnomasida tilga olgach, 22 dekabr kuni "Ostrogorskiy" familiyasi internetda eng koʻp izlangan familiya boʻldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Ostrogorskiyning hidi kelyapti"

Mirziyoyev hozirgi Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovning faoliyatidan noroziligini bildirar ekan, u taqdim etgan hisobotlarda Ostrogorskiyning hidi borligini taʼkidladi.

Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Vazir Qoʻchqorov: 2018 yilda oyliklar pulning qadrsizlanishiga qarab koʻtariladi
"Qani Qoʻchqorov shu yerdami?, — dedi prezident zalga murojaat qilib. Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov oʻrnidan turgach, Mirziyoyev gapida davom etdi: "Kecha gapirgan gapini oldi. Agar oʻzgarmasa, men sizlarning oldilaringizda aytyapman bir oyda buni ham ishdan olaman. Menga bunaqa Moliya kerak emas. Hammasini haydaydi moliyada oʻtirganlarni. Bitta Ostrogorskiy degan noinsofni haydaganman, uning hidi kelib turibdi menga. Tashqaridan turib bir-ikkitalar ishlayapti"

"Sariosiyoning sovugʻida Ostrogorskiyga oʻxshaganlar yashaganmi?!"

Shuningdek, Mirziyoyev byudjet tizimini isloh qilish sohasida mahalliy organlar vakolatlari yanada kengaytirilishini aytib oʻtdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tarixiy murojaatnomadan iqtiboslar
"Endi har bir hudud rahbari berilgan imkoniyatdan foydalanib, masʼuliyatni toʻliq oʻz zimmasiga olishi oʻz aravasini oʻzi tortishi kerak", — dedi prezident va misol keltirdi.

"Mana bitta misol: oʻtgan 2016 yil yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻistonda mahalliy byudjetga bir soʻm ham pul qolmagan. Bir soʻmniyam bermagan Ostrogorskiy-Mastrogorskiy-Sastragorskiy-Gastrogorskiy degan bir komanda bor. Faqat mendan qoʻrqardi ular, hozir hammasini haydavordim. Yana 2-3tasi qolgan endi. Mana bu yil: byudjetni hamma tushumlarini bajardi Qoraqalpogʻiston, 90 milliard pul oʻziga qolyapti — bitta hududda! Nimaga? Oldin ishlagan ham bir edi ishlamagan ham bir edi. Nega desangiz, tuman hokimi oʻzini moliyachisi, iqtisodchisi boʻlgani bilan, u pul tushgan bilan unga tushmaydi-ku, Ostrogorskiyga tushadi. Suv yoʻq, gaz yoʻq, bolnitsa yoʻq, detsad yoʻq, issigʻliq yoʻq. Ostrogorskiy biladimi Qorpqalpogʻistondagi sharoitni. Ostrogorskiyga oʻxshaganlar yashaganmi Qoraqalpogʻistonda?

Yozuvchi Ostrogorskiy

Mirziyoyev Oliy Majlis senatining 13-yalpi majlisida senatorlar faolligidan mamnunligini qayd etdi.

Plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Senat 2018 yilgi davlat byudjetini maʼqulladi
"Kechagi senatdagi muhokama meni koʻp narsada oʻzgartirdi. Biz faqat odamlarga gap gapirishga bermaymizda. Agar gapirishga berganimizda, ular janob Qoʻchqorovga kerak boʻlsa boshqa taklif berardi. Nimaga bu yerga tayyorgarlik qilmasdan keldi, deganlaringizda, men sizlardan rozi boʻlardim. Men kecha juda chuqur koʻrdim, lekin norozi boʻldim, Qoʻchqorov tayyorgarlik qilib bormagan. Nega desangiz, pastdagi oʻtirgan Ostrogorskiy degani yozib bergan, bu koʻtarib sizlarga oborgan. Bundan keyin oʻzim koʻraman byudjetni. Lekin men sizlarga aytaman — sizlarga maʼqul byudjet chiqadi".

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostrogorskiy deganda Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasining sobiq boshligʻi, "Shuhrat ordeni" mukofoti sovrindori Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan.

Internet makonida Ostrogojskaya faoliyati tahliliga bagʻishlab maqola yozgan O. Abdusalimov amaldor tomonidan aql bovar qilmas darajada "oʻzlashtirib yuborilgan" mablagʻlar, va uning chet elda oʻqib, oʻsha yerda yashab qolgan farzandi haqida bayon etar ekan, shunday deydi: bunday vaqtda adolatli savol tugʻiladi, oʻz kelajagini Oʻzbekiston bilan bogʻlamasligi kundek ravshan boʻlib turgan bu singari odamlar qay tarzda Oʻzbekistonning iqtisodiyot, mudofaa majmuasi va kuch tuzilmalaridagi eng muhim jabhalarning moliyaviy taʼminotini nazorat qilmoqda? Moliyaning "oddiy" amaldorlari qimmatbaho mulklar uchun pulni qayerdan oldi va ularga boshqa mamlakatlarning fuqaroligi nima uchun kerak? Oʻzbekistonning 20 yildan ortiq mustaqilligi davri davomida moliya-iqtisod sohasida malakali milliy kadrlarni tayyorlash imkoni boʻlmaganiga ishonish qiyin. Bunday kadrlar koʻtarilishga imkon berishmayotgan boʻlsa kerak. Ularni maʼmuriy-jamoaviy metodlar qoʻllash orqali mablagʻlarni boshqarishga odatlanganlar yanchib kelmoqda. Bundaylarning davri esa allaqachon oʻtmishda qolgan".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala