Jamiyat

Qoʻshni davlatlar aholisining Oʻzbekistonga boʻlgan ishonchi qay darajada

© Sputnik / Vadim ShekunMoskovskaya mejdunarodnaya vыstavka Mitt "Puteshastviya i turizm"
Moskovskaya mejdunarodnaya vыstavka Mitt Puteshastviya i turizm - Sputnik Oʻzbekiston
Tadqiqot natijalariga koʻra, keyingi bir yilda ayrim mamlakatlar aholisining qarashlarida keskin oʻzgarishlar yuz bergan

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Yevroosiyo Taraqqiyot bankining Integratsion tadqiqotlar markazi "YEOTB integratsion barometri" deb nomlangan integratsion tadqiqotlari natijasini eʼlon qildi. Unda MDH mintaqasida yashovchi aholi oʻrtasida 2017 yil yozida oʻtkazilgan soʻrov natijalari keltirilgan.

Jiteli  Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MDHdagi eng baxtli insonlar Oʻzbekistonda yashaydi

Tadqiqot natijalariga koʻra, keyingi bir yilda ayrim mamlakatlar aholisining qarashlarida keskin oʻzgarishlar yuz bergan. Xususan, Qozogʻistonda aholining Oʻzbekistonga nisbatan ishonchi 9 punktga — 24%ga oshgan.

Tojikistonda ham Oʻzbekistonga nisbatan ishonchsizlik va xavotir 14%gacha pasaygan.

"Aytish mumkinki, Tojikiston aholisining ommaviy tafakkurini "Oʻzbekiston doʻst emas" degan fikr tark etmoqda, zero 2012 yilda bu koʻrsatkich 64%ni tashkil etgan", deyiladi tadqiqotda.

Qirgʻizistonda ham ana shunday fikrda boʻlganlar miqdori 19 punktga kamayib, 33%ni tashkil etgan. 2016 yilda tadqiqotda ishtirok etganlarning 52%i "Oʻzbekiston Qirgʻizistonga doʻst emas" degan fikrni bildirgan.

Qayd etilishicha, rossiyaliklarning Oʻzbekistonga boʻlgan ishonchi 4 punktga oshib, 26%ga yetgan. Bu kuzatuvlar oʻtkazilayotgan yillardagi eng yuqori natija hisoblanadi.

"YEOTB integratsion barometri" loyihasi 2012 yildan buyon faoliyat olib boradi. Tadqiqotlardan maqsad MDH mintaqasidagi davlatlar aholisining tashqi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa integratsion yoʻnalishlardagi fikrlarini bilishdir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala