Sport

Toshkentda boʻladigan xayriya shousida futbol yulduzlari va OAV xodimlari bellashishadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishFutbol
Futbol - Sputnik Oʻzbekiston
Shou uchrashuvda Xayrulla Hamidov hamda Azamat Abduraimov jamoalari oʻzaro kuch sinashishadi

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Toshkent shahar futbol Federatsiyasi hamda "Elmakon" doʻkonlari hamkorligida tashkil etiladigan shou uchrashuvda Xayrulla Hamidov hamda Azamat Abduraimov jamoalari oʻzaro kuch sinashishadi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Xayriya shou uchrashuvi 28 dekabr kuni Toshkentdagi "Oʻzbekiston" sport majmuasida boʻlib oʻtadi.

Xayrulla Hamidov jamoasida Davron Fayziyev, Eldor Mustafoyev, Murod Rizayev kabi jurnalistlar hamda Marat Bikmayev, Anzur Ismoilov, Akmal Shorahmedov va boshqa futbolchilar toʻp suradi.

Azamat Abduraimov boshchiligidagi jamoadan  Nodirxoʻja Yuldashev, Shuhrat Maqsudov, Timur Kapadze, Mirjalol Qosimov, Ravshan Ermatov, Andrey Fyodorov, DJ Piligrim va boshqalar joy olishadi.

Oʻyinga kirish uchun chipta va taklifnomalar sotilmaydi. Chiptaga ega boʻlish uchun "Elmakon" doʻkonlaridan hech boʻlmasa kichikrok xarid qilish lozim boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala