TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. "RosGeoPerspektiva" kompaniyasi Navoiy viloyati Kazaxtau va Kazaxtau 1 maydonlarida mis va oltin geologik-qidiruv ishlarini amalga oshiradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Rossiya kompaniyasi va Oʻzbekiston geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Navoiy viloyatida geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha bitim loyihasini tayyorlashdi. Bundan tashqari, respublikada loyiha operatori sifatida Mistog kompaniyasi tashkil etildi.
"RosGeoPerspektiva" geologik qidiruv ishlarini oʻz hisobidan tadbirkorlik xavflari shartida oʻtkazilishi kutilmoqda. Birinchi yil kompaniya tomonidan mazkur loyihaga 3 million dollar sarflash rejalashtirilmoqda.
Oʻzbekiston oʻz tomonidan Rossiya kompaniyasiga ushbu maydonlardan 5 yil muddatga foydalanish huquqini, keyinchalik muddatini uzaytirish shartlarda berish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, investorga koʻplab imtiyozlar beriladi — barcha soliqlar va majburiy toʻlovlardan, shuningdek 5 yilga bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.
Tomonlar oʻrtasidagi yakuniy bitim Oʻzbekiton prezidentining maxsus qarori bilan tasdiqlanadi. Bugungi kunda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston davlat geologiya qoʻmitasi va bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari Oʻzbekistonda joylashgan oltin konlarini oʻrganish va ishga tushirish borasida bir qator shartnomalar imzolangandi.
Koreya tomoni Oʻzbekistondagi foydali qazilmalar maydonlarni oʻrganish va yangi konlar topish uchun 10 million dollar yoʻnaltiradi.
Oʻzbekiston eng yirik oltin, uran, mis, kaliy tuzlari, fosforit va kaolin zahiralari joylashgan oʻntaligida oʻrin olgan. Oltin va uran qazib olish boʻyicha respublika dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida.
Bugungi kunda Oʻzbekiston hududida 1931 ta turli foydali qazilma konlari mavjud. Ulardan 814 ta qurilish materiallari konlari, 624 ta toza va mineral suv osti suvlari, 235 ta uglevodorod, 152 ta metal, 37 ta togʻ-kon, 32 ta togʻ-kimyo, 30 ta rangli toshlar va 7 ta koʻmir va yonuvchi slanets konlari mavjud.