Sputnik futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishKubok chempionata mira 2018 po futbolu
Kubok chempionata mira 2018 po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik maxsus loyihasida futbol ishqibozlari uchun bo‘lajak jahon birinchiligi haqidagi barcha foydali ma’lumotlar jamlangan

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi va radioasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlab FIFA-2018 maxsus loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

Sputnik maxsus loyihasida futbol ishqibozlari uchun bo‘lajak jahon birinchiligi haqidagi barcha foydali ma’lumotlar jamlangan. O‘quvchilar bahslar qachon va qaysi shaharlarda bo‘lib o‘tishi, terma jamoalar haqidagi ma’lumotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

Kubok chempionata mira 2018 po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha jahon chempionatini Rossiya-Saudiya Arabistoni o‘yini ochib beradi

Chempionat mehmonlari uchun bahslar bo‘lib o‘tadigan shaharlar haqida batafsil ma’lumot berilgan, "Stadionlar" bo‘limida esa o‘quvchilar chempionat uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan 12 stadionga virtual sayohat qilishlari mumkin.

Ma’lumotlardan tashqari, Sputnik o‘quvchilarga so‘nggi yangiliklar, videolavhalar, fotolenta va intervyularni ham taqdim etadi. Maxsusloyihadagi ma’lumotlar har kuni yangilanib boradi.

Futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati 2018-yil 14-iyundan 15-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Chempionat uchrashuvlariga Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Saransk va Sochi shaharlari mezbonlik qiladi.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0