Jamiyat

Oʻzbekistonlik xotin-qizlar masalasi Alla Pugachyovaning qoʻlidami?

© AP PhotoUzbekskiye jenщinы beseduyut na ulitse
Uzbekskiye jenщinы beseduyut na ulitse - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidentining "Shu qoʻmita kerakmi oʻzi?" degan savoliga oʻzbekistonliklardan "ayollarga yordam bermaydigan qoʻmitaning keragi yoʻq" degan javoblar yangramoqda

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy majlis senati va qonunchilik palatasi aʼzolariga murojaatnoma yoʻlladi. Prezident Oʻzbekistonning yangicha qiyofasini shakllantirish boʻyicha eng muhim fikrlarni oʻz ichiga olgan 4 soatlik nutqi avvalida mamlakatdagi xotin qizlar masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Norboyevani qattiq tanqid qildi
Oʻzbekiston rahbari xotin-qizlar masalasi boʻyicha qarorga qoʻl qoʻya olmayotganini aytar ekan, joylarda ayollarni ahvoli juda ogʻirligini, joylardagi raislar oddiy ayolning dardini bilolmayotgani, ayollar orasida oʻz joniga qasd qilish holatlari soat sayin oshayotganini taʼkidladi.

Mirziyoyev Xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva mana shu holat haqida bong urmayotganiga toʻxtalar ekan, shu qoʻmita kerakmi-yoʻqmi degan masalani oʻrtaga tashladi. Modomiki kerak ekan, uning faoliyati qay yoʻsinda boʻlishi kerak, shu haqda yaxshilab oʻylab koʻrish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Prezidentning ushbu soʻzlari internet tarmogʻida, xususan, "xalq bilan muloqot" guruhida oʻzbekistonliklar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.

"Chekka qishloqlarda yurishni qoʻya turaylik… oldiga oʻz muammosi bilan kelganlarni hech boʻlmasa tinglab, rasmiyatchiliklarni chetga surib hal qilishga kirishsayam, biz xursand boʻlamiz", — deb izoh qoldirgan Dilfuza Baymirova.

Jamiyat
Mudhish jinoyat: fargʻonalik erkak Rossiyadan qaytgan xotini va oʻgʻlini chopib tashladi
"Muammoni qayerdaligini bilmaydi ular. Bu uchun chekka-chekka joylarda yashayotgan ayollarning hayoti bilan tanishishi kerak! Ular esa kabinetda oʻtirib bir nimalarni hal qilmoqchi boʻlishadi", — degan Latofat ismli ayol.

Zulfiya Iskandarova ismli foydalanuvchi esa qoʻmita kerak emasligini bayon etgan.

"Xotin-qizlar kumitasi haqiqatda kerakmas qoʻmita, uning oʻrniga oilaviy muammolarni yechishga qaratilgan qandaydir ijtimoiy tashkilot kerak", — degan ayol.

Jinoyatchining qoʻlga olinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonda er oʻz xotinini boʻgʻib oʻldirdi
Prezidentning yuqoridagi gaplariga nafaqat ayollar, balki erkaklar ham oʻz fikrlarini bildirishgan.

Xususan, Aleksandr Rustamov Xotin-qizlar qoʻmitasi hech qanday naf bermayotganini bildirgan.

"Bu qoʻmitadan foyda yoʻq. Turmush yoʻldoshim noqonuniy ishdan haydalgani uchun murojaat qilgan, ammo javob ham kelmadi", — deb yozgan u.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati Qoʻmitada ishni bilmasa ham "yuqoridan qoʻyilgan" ayollar oʻtirishini aytib, oʻz noroziliklarini bildirishgan.

"Alla Pugachyovaning Kavkazda 3 soatlik kontsertdan keyin ovozi chiqmay qolib charchadim, kontsertni tugataman deb turganida kavkazlik tomoshabinlar: "Allochka tы po stsene tuda xodi — syuda xodi, pet ne obyazatelno" degani esimga tushib ketdi", — qoʻmitada "shunchaki" oʻtiradigan "raislar" haqida fikr bildirgan Narimmat Yoʻldoshev.

"Maxalla maslahatchisini asosiy vazifasi xar kuni oilalar bilan, xotin-qizlar bilan ishlash: nochor oilalarga yordam berish, sharoit yaratish, toʻgʻri yoʻl koʻrsatish unga yoʻnaltirish. Lekin maslahatchilar majlisma majlis yurishadi, oilalar bilan ishi yoʻq, raislar oʻrniga ham majlisga boradi, qogʻozbozlik bilan shugʻullanadi", — deb izoh qoldirgan Farida.

Zebo Haydarova qachonki xotin-qizlar qoʻmitasi faqat oʻzining ishi bilan shugʻullansa, hammasi joyiga tushishini bildirgan.

Oʻzbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Xotin-qizlar raisi: aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashgan
"Ammo hokimlar ularga topshiriqlarni yuklagandan keyin, oʻsha ishni birinchi bajaradida. Paxta mavsumida koʻring, xasharchilarni roʻyxatga olish, otryadlarni shakllantirish, terimchilarni ragʻbatlantirish, barcha ishlar shularning boʻynida. Kuni boʻyi dalada yursa, qachon kimning xonadoniga kirib, qizlar bilan suhbat qiladi? Xotin-qizlar qoʻmitasining aniq belgilangan vazifasi boʻlishi kerak, qishloq xoʻjaligi ishlarini oʻz egalariga topshirish kerak", — deb yozgan Zebo Haydarova.

Aksariyat internet foydalanuvchilari qoʻmitaning keragi yoʻq, degan fikrni bildirgan boʻlsalarda, prezident tanqididan keyin qoʻmitalar faoliyati faollashib qolar, deya umid bildirganlar ham yoʻq emas. 

Yangiliklar lentasi
0