Qamchiq dovonida qutqaruvchilar 40dan ortiq mashinani qor uyumidan chiqarib olishdi

Obuna bo‘lish
Avvalroq "O‘zgidromet" markazi ob-havoning keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yo‘lning muzlashi to‘g‘risida ma’lumot bergandi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qamchiq dovonida 44 ta avtotransport vositasi qor uyumidan chiqarib olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Dovonda kuchli shamol esishi, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi natijasida avtoransport vositalarning harakati cheklangan bo‘lib, yo‘lning harakat qismini qordan tozalash maqsadida transport vositalari oz-ozdan o‘tkazildi.

Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida ayni paytda qor, tuman va 11 daraja sovuq

FVVning ma’lumot berishicha, 25 nafardan ortiq haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi. Haydovchi va yo‘lovchilar uchun kutish va isinish maskanlari tashkil etilib, 70 nafardan ortiq kishi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga joylashtirildi, 1800 nafarga yaqin kishi 45 ta umumiy ovqatlanish maskanlariga joylashtirilib, issiq choy va ovqat bilan ta’minlandi, ulardan 29 nafar bolalar onalari bilan "Ona va bola" xonalariga joylashtirildi.

Avvalroq "O‘zgidromet" markazi ob-havoning keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yo‘lning muzlashi to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Tegishli xizmatlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida avtomobil yo‘li qordan tozalandi, transport vositalarining harakati tiklanib, ikki tomonlama amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0