O‘zbekiston matbuot agentligi qoshida xalqaro tarjimonlar uyi ishga tushiriladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishDevushka u knijnoy polki
Devushka u knijnoy polki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborilgan. Yaqin kunlarda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston mutbuot agentligi qoshida xalqaro tarjimonlar uyi ishga tushiriladi, deb xabar qildi O‘zbekiston matbuot-agentligi.

"Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish, ushbu loyiha faoliyatiga yurtimiz va chet ellardagi mohir tarjimon hamda muharrirlarni tanlov asosida keng jalb etish, milliy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o‘girib, dunyo tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati yuksalishida Vatanimizning salmoqli hissasini qo‘shishga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.

Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborilgan. Yaqin kunlarda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0