O‘zbekistonlik yigit Enrike Iglesias bilan duet kuyladi

Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Ismoilov mashhur qo‘shiqchi bilan 2011-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan konsertda duet kuylagan videolavha Youtube kanalida joylashtirilgan

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Enrike Iglesiasning 28-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertida uning muxlisi Ulug‘bek Ismoilov u bilan duet kuyladi.

Ular birgalikda Ring my bells qo‘shig‘ini ijro etishdi.

Bu ularning birinchi dueti emas. Ulug‘bek Ismoilov mashhur qo‘shiqchi bilan 2011-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan konsertda duet kuylagan videolavha Youtube kanalida joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Enrike Iglesiasning konserti kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonov tomonidan tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0