"O‘zbekiston havo yo‘llari" bayram chegirmalarini e’lon qildi

© Commons.wikimediaSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegirmalar o‘zbekistonliklar mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlari, Buyuk Ipak yo‘li shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishlari uchun joriy etildi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar mahalliy yo‘nalishlarda 50 % gacha chegirmalarni kiritdi, deb xabar berdi MAK matbuot xizmati.

O‘zbekistonda yangi yil bayrami kunlari uchun qo‘shimcha 24 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Xabarga ko‘ra, chegirmalar o‘zbekistonliklar mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlari, Buyuk Ipak yo‘li shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishlari uchun joriy etildi.

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan MAKning respublika ichidagi barcha qatnovlariga 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:

40% — sayyohlik guruhlari uchun (5 va undan ortiq kishi), 6 dan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar; litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun;

50% — oilalar uchun (2 va undan ortiq kishi), bolalari bilan uchadigan ota-onalar uchun.

Yangiliklar lentasi
0