Jamiyat

Oʻzbekistonga Kavkaz mintaqasidan nam va sovuq havo oqimlari kirib keladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq havoning kirib kelishi natijasida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 3 daraja sovuqqacha pasayishi va yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda

TOSHKENT, 3 yanv – Sputnik. 4-5 yanvar kunlari Kavkaz mintaqasidagi nam va nisbatan sovuq havo oqimlari Oʻzbekiston hududiga kirib kelishi kuzatiladi. Bu haqda Oʻzgidromet maʼlumotiga tayanib FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq havoning kirib kelishi natijasida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 3 daraja sovuqqacha pasayishi va yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda.

Qamchiq dovonida ob-havo oʻzgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, havo harorati kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq boʻladi.

FVV Qamchiq dovoni boʻylab harakatlanadigan transport vositalari haydovchilarini ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirmoqda hamda zarur hollarda dovonda tashkil etilgan tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi postlarga murojaat qilish mumkinligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala