Jamiyat

Toshkent-Chimkent-Toshkent avtobusi qatnovi 5 yanvar kuni yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Kirill KallinikovReysovыe avtobusы
Reysovыe avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu marshrutning umumiy masofasi 145,2 km boʻlib, manzilga uch soatda yetib boriladi

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston 5 yanvar kuni Toshkent-Chimkent-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Passajirы na avtovokzale - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qozogʻiston parlamenti Oʻzbekistonga avtobus yoʻnalishlari ochilishini maʼqulladi

Shu kuni ilk reys amalga oshiriladi. Kelgusida har kuni ertalab soat 6dan 20gacha bir soat oraliqda muntazam reyslar yoʻlga qoʻyiladi. Avtobuslar “Toshkent” (Oʻzbekiston) va “Chimkent” (Qozogʻiston) avtovokzallaridan qatnaydi.

"Ushbu marshrutning umumiy masofasi 145,2 km boʻlib, manzilga uch soatda yetib boriladi. Avtobus va yoʻlovchilar “Gʻishtkoʻprik” (Oʻzbekiston) va "Jibek Joli" (Qozogʻiston)" nazorat-oʻtkazuv punktlari orqali oʻtadi”, — deb maʼlum qildi Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligidagi manba.

Avtobus va yoʻlovchilar hamda ularning yuklari bojxona va chegara punktidan navbatsiz, piyoda oʻtuvchilar oqimidan alohida tartibda birinchi navbatda oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 17 noyabrda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha bayonnoma kuchga kirgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala