Qashqadaryoning ikki tumanidagi 20 mingdan ortiq xonadonda chiroq o‘chmaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishElektricheskaya podstansiya
Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koson tumani Raim So‘fi nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida umumiy quvvati 32 megavatt bo‘lgan “Turon” podstansiyasi va 28 kilometr uzunlikda 2 zanjirli 110 kVt.li havo liniyasi qurilib, foydalanishga topshirildi

TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Raim So‘fi nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida umumiy quvvati 32 megavatt bo‘lgan “Turon” podstansiyasi va 28 kilometr uzunlikda 2 zanjirli 110 kVt.li havo liniyasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali O‘zAga tayanib xabar berdi.

Ustanovka opor dlya vozdushnoy linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Kosonsoy suv omboriga tutash hududdagi mahallada elektr tarmog‘i qayta tiklandi

Xabarga ko‘ra, Koson tumanidagi Raim So‘fi, Yodgor, Alato‘n, Xo‘jaquduq, Alachabop, Bo‘rixona, Yakkasaroy, O‘yrot, Karrakli qishloqlari aholisi uzoq yillardan buyon elektr toki yetishmasligidan qiynalib kelardi. Raim So‘fi nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1975-yilda qurilgan podstansiya jismonan va ma’nan eskirgan va o‘tgan yillar mobaynida qishloqlar kengayib, aholi soni ortgani hisobiga mavjud ehtiyojni umuman qondira olmayotgan edi.

“Umumiy qiymati 30 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etgan mazkur loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Koson va Chiroqchi tumanlaridagi 20 mingdan ortiq xonadon, “Sho‘rtanneftgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli neft quduqlari hamda hududdagi 100 dan ortiq boshqa yuridik iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi”, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0