Jamiyat

Ishlayotgan nafaqaxoʻrlarga pensiya toʻlash tartibi oʻzgardi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Xalq ...”, “Xizmat koʻrsatgan ...” kabi unvonlariga sazovor boʻlgan pensionerlar ularning ishlash ishlamasligidan qatʼiy nazar – pensilarni toʻliq miqdorda oladigan boʻldi.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 yanvaridan ayrim toifadagi ishlayotgan pensionarlar uchun nafaqa toʻlashning yangi tartibi joriy etiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bundan buyon, “Xalq…”, “Xizmat koʻrsatgan…”  unvonlariga sazovor boʻlgan pensionerlar, ularning ishlash ishlamasligidan qatʼiy nazar – toʻliq miqdorda nafaqa oladilar.

Undan tashqari, fan, adabiyot va sanʼat sohasida yaratgan ixtirolari uchun gonorar va mualliflik huquqi toʻlovlari olayotgan pensionerlar ham nafaqalarini toʻliq miqdorda olishlari mumkin. Faqat buning uchun ular hech qayerda mehnat shartnomasi asosida ishlamasliklari kerak.

V operatsionnыe kompleksы Respublikanskogo spetsializirovannogo tsentra xirurgii imeni akademika V.Vaxidova v Uzbekistane vnedrena sistema sterilizatsii vozduxa do 99,9 protsenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishlovchi shifokor pensionerlarga nafaqa toʻliq miqdorda toʻlanadi

Toʻlanayotgan qoʻshimcha nafaqa miqdori Davlat byudjeti hisobidan hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Nafaqa fondi hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda ishlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan tashqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 %ini olishadi.

Eslatib oʻtamiz, imtiyozli toifadagi nafaqaxoʻrlarga I va II guruh nogironlari, Chernobыl nogironlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari, diniy taʼlim sohasida ishlayotgan ayollar hamda Ikkinchi jahon urushi ish ishtirokchilari va mehnat veteranlari kiradi. Yangi qarorga asosan ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolar soni yangi toifalar evaziga kengaytirildi.

Yangiliklar lentasi
0