Ortiqcha hisoblangan nafaqa to‘lovlarini qaytarish bekor qilindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan, 65 va undan ortiq yoshga to‘lgan fuqarolar 2010-yilgacha bo‘lgan davrda ortiqcha hisoblangan nafaqa to‘lovlarini qaytarishdan ozod qilindi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev buyrug‘iga asosan, ayrim toifadagi fuqarolar ortiqcha hisoblangan nafaqa va yordam pullarining qoldiq to‘lovlarini qaytarishdan ozod qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu qaror yoshi 65 va undan yuqori bo‘lgan nafaqaxo‘rlarga 2010-yilgacha yilgacha bo‘lgan davrda ortiqcha hisoblangan nafaqa to‘lovlarining 2018-yilning 1-yanvaridagi qoldiq to‘lovlariga nisbatan amal qiladi.

Undan tashqari, yangi qarorga ko‘ra, bundan buyon O‘zbekistonda ortiqcha to‘langan nafaqa miqdorini pensiyasidan ushlab qolishdan norozi bo‘lgan fuqarolar, sud tartibida, aniqlanganidan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat ichida to‘lovni amalga oshiradi.

Shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha da’volarni ko‘rib chiqishda, sudlarga fuqarolarning nafaqat ish staji borligini, balkim ular haqiqatdan ham ishlaganligining yuridik omillari borligini aniqlash topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston aholisi soni 32 milliondan oshgan, ulardan 3 millioni — nafaqaxo‘rlar. O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunlarga ko‘ra, erkaklar — 60 yoshda, ayollar — 55 yoshda nafaqaga chiqadilar.

Yangiliklar lentasi
0