Rayhon o‘ziga xos tanlov e’lon qildi – g‘olibga konsert chiptasi sovg‘a qilinadi

© Sputnik / StringerRayxon Ganiyeva
Rayxon Ganiyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovda, eng ko‘p layk olgan, Rayhon qo‘shig‘ining kaver versiyasi ijrochisi g‘olib bo‘ladi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘zining Instagramdagi sahifasida fevralda bo‘lib o‘tadigan konsertlariga chipta yutib olish bo‘yicha o‘ziga xos tanlov e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Peves Enrike Iglesias vistupayet na konserte - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev Enrike Iglesiasning konsertiga chipta olgan yoshlar ro‘yxatini e’lon qildi

G‘olib bo‘lgan muxlis konsert chiptalarini shaxsan xonanda Rayhondan olish imkoniyatiga ega. Tanlovda, eng ko‘p layk olgan, Rayhon qo‘shig‘ining kaver versiyasi ijrochisi g‘olib bo‘ladi.

"Faqat qo‘shiq aytish emas, balki uni boshqa uslubda aytishga harakat qilish tavsiya etaman. Boshqa musiqa asboblar yordamida. Mukofot: men shaxsan o‘zimning konsertimga birinchi qatordagi joydan 2 ta taklifnomani taqdim etaman", — deb yozgan Rayxon Instagram o‘z sahifasida.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda 3 ta video rolik paydo bo‘lgan, ularda muxlislar xonandaning ashulalarini kuylashgan. 

Rayxon G‘aniyevaning konsert dasturi 19-23 fevral kunlari "Istiqlol" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Hozircha kassalarda chiptalar bor, shuningdek ularni onlayn tarzda xarid qilish ham mumkin. Chiptalarning narxi 20 ming so‘mdan 180 ming so‘mgacha tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0