Prezident matbuot-xizmatining sobiq rahbari yangi lavozimga tayinlandi

© podrobno.uzAsad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan
Asad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asadjon Xo‘jayev yangi lavozimni egalladi

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Asadjon Xo‘jayev Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Asadjon Xo‘jayev 1970-yilda tug‘ilgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti va Prezident huzuridagi davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.

Oxirgi paytlarda O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlayotgandi. Undan oldin — 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0