O‘zbekistonning eng yirik masjidida azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangramoqda

© muslim.uzPrazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti "Xazrati Imam"
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda azon ovoz kuchaytirgichlar orqali aytilayotgan masjidlar soni kundan kun oshib bormoqda

TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. 7-yanvardan Toshkent shahrida joylashgan, O‘zbekistondagi eng yirik masjid bo‘lgan "Hazrati imom" majmuasida mo‘min-musulmonlarni namozga chorlovchi azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangray boshladi. Bu haqda azon.uz xabar bermoqda.

V perevale Kamchik otkrilsya noviy mechet - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida masjid ochildi

Xabarda aytilishicha, namozdan so‘ng masjid imomi bu voqeaga alohida to‘xtalib, ko‘plab xayrli ishlari qatorida, azonni baland ovozda chaqirish ham shaxsan davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Habibulloh qori Abdurazzoqov mamlakatda yana ko‘plab masjidlar ochilishi haqida ham aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda azon ovoz kuchaytirgichlar orqali aytilayotgan masjidlar soni kundan kun oshib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 5-yanvar kuni Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi barcha masjidlarni ta’mirlash, Qur’oni karim musobaqasini tashkil etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0