Qonunchilikni xalqqa yaqinlashtiradigan institut o‘z faoliyatini boshladi

Obuna bo‘lish
Institutning har bir bo‘limi xalq bilan, keng jamoatchilik bilan ishlaydi. U hozirda bilim, malaka, saviya va tegishli xorijiy tillarni bilish jihatidan har tomonlama yetuk amaliyochilar va olimlar bilan to‘ldirilmoqda

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi, deb xabar qildi mamlakat Qoununchilik palatasi matbuot-xizmati.

Institut zimmasiga bir necha yo‘nalishdagi vazifalar yuklatilgan.

Zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Svetlana Artikova - Sputnik O‘zbekiston
Senator: bu yilgi va oldingi qonunlar orasida yer bilan osmoncha farq bor
Institut birinchidan, qonunchilik muammolarini, normativ-huquqiy hujjatlarni va huquqni qo‘llash amaliyotini, ya’ni qonunlarning hayotga qanday tatbiq etilayotganini o‘rganadi, Oliy Majlis palatalarining faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi.

Ikkinchidan, parlament palatalari, deputatlar va senatorlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi, ularning professionallik darajasini oshirishga ko‘maklashadi. Jumladan, deputat yoki senator buyurtmasiga ko‘ra biror-bir sohada kichik tadqiqot o‘tkazib, tegishli muammoning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ma’lumotnomalar tayyorlab beradi. Yoki qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishda metodik, amaliy ko‘mak beradi.

Uchinchidan, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda qonunchilikni rivojlantirishning ilmiy konsepsiyalarini ishlab chiqadi.

Bugungi kunda jami 20 mingga yaqin qonun hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan atigi 2,1 foizi qonunlar. Institut mazkur ko‘rsatkich salmog‘ini, qonunlarning ulushini oshirish, eng muhimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish borasida tashabbuslar bilan chiqadi.

Institut o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun davlat hokimiyati organlaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, ta’lim va ilmiy muassasalardan, boshqa tashkilotlardan zarur bo‘lgan hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni so‘rash hamda olish huquqiga ega. Bevosita davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi qo‘mita tashkil etildi
Ilmiy, axborot-tahliliy materiallarni, qonunlar loyihalarini tayyorlash, tadbirlar o‘tkazish hamda institut vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun olimlar, mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tuzadi.

Institutning har bir bo‘limi xalq bilan, keng jamoatchilik bilan ishlaydi, ular bilan muloqotda bo‘lib, ularning fikrlarini olib, tadqiqot o‘tkazadi, maqsadga muvofiq takliflarni qonunchilikda aks ettirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishga qodir, bilim, malaka, saviya va tegishli xorijiy tillarni bilish jihatidan har tomonlama yetuk amaliyochilar va olimlar bilan to‘ldirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, institutni shakllantirish jarayonida jahon tajribasini, 50 dan ortiq mamlakat amaliyoti, ya’ni parlamentga ilmiy-ekspert, tahlil xizmatini ko‘rsatadigan turli shakldagi organlar ishi o‘rganilgan.

Yangiliklar lentasi
0