O‘zbekistonda "Halol" standarti qabul qilindi

© Sputnik / Maxim Bogodvid / Mediabankka o‘tishXalyalnaya produksiya rossiyskogo proizvodstva
Xalyalnaya produksiya rossiyskogo proizvodstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda "Halol" belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. "O‘zstandart" agentligi tomonidan tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida "Halol" standarti qabul qilindi, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Kolbasa Rozmetov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston korxonasi xalqaro "Halol" sertifikatini oldi

"O‘zstandart" agentligi tomonidan "Halol" standartining qabul qilinishi tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini yuqori standart talablari asosida ta’minlashga zamin yaratadi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot berilishicha, bugungi kunda "Halol" belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, dunyoda musulmon ahlining ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, yer aholisining 24 foizi) "Halol" belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlamoqda.

Shuningdek, halol turizm industriyasi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan soha bo‘lib, bu bozorning yillik hajmi 126 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda va 2020-yilga borib kamida uch barobar ortishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0