O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy birgalikda Yevropagacha eng qisqa temiryo‘l quradi

Obuna bo‘lish
Yangi temiryo‘l yuklarni Xitoydan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beruvchi eng qisqa yo‘l bo‘ladi: masofa 900 kilometrga, muddat esa – 7-8 sutkaga qisqaradi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy birgalikdaqurayotgan temiryo‘l yuklarni Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beradigan eng qisqa yo‘nalish, bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

“Toshkentda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvda, delegatsiyalar rahbarlari ushbu loyihani imkon qadar tezroq amalga oshirishga qaratilgan jiddiy va amaliy qarorlar qabul qilishdi.  Apredla bo‘lib o‘tadigan keyingi majlisga qadar ular yo‘llarning yakuniy yo‘nalishlarini belgilab olishlari kerak”, — dedi Qirg‘iziston elchisi Daniyar Sidikov.

Elchi aytishiga ko‘ra, o‘tgan yilning avgust oyida loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan, dekabr oyida esa – moliyalashtirish masalalari hal qilingan.

Yangi loyiha amalga oshirilgan taqdirda, u Xitoydan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarigacha bo‘lgan eng qisqa yo‘lga aylanadi. Yuklarni yetkazib berish masofasi 900 kilometrga, muddati esa – 7-8 sutkaga kamayadi.

Yangiliklar lentasi
0