Islombek To‘laganovning otasi norozilik arizasi topshirdi

Obuna bo‘lish
Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibragimovning o‘limida ayblanib, 6-yilga qamalgan Islom To‘laganovning otasi sud qaroridan norozi. U tekshiruv ishlari qaytadan o‘tkazilishini talab qilmoqda

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Jasur Ibragimovning o‘limida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Islom To‘laganovning otasi Toshkent shahar sudiga kassatsion ariza bilan murojaat qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismailova.

Jasur Ibrohimov o‘limida ayblanayotgan Islombek To‘laganovga so‘nggi so‘z berildi - Sputnik O‘zbekiston
"Men o‘zimni kechirolmayman": Islom To‘laganovning so‘nggi so‘zi - video
"To‘laganovlar dastlab sud qaroridan norozi bo‘lib appelyatsiya arizasi topshirgan, lekin keyinchalik uni qo‘shimcha dalillar to‘plash maqsadida qaytarib olgan. Keyin esa ular bir bosqich yuqori instansiya sudiga kassatsion ariza topshirgan", — dedi Ismailova.

Ariza 12-yanvar kuni Toshkent shahar sudalar kollegiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 3-may kuni Borovskiy tibbiyot kolleji talabalari o‘rtasida ro‘y berib, nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy OAVlar tomonidan keng yoritib kelingan, fojiani keltirib chiqargan mushtlashuv yuzasidan boshlangan sud 2017-yil 30-oktabr sanasida o‘z nihoyasiga yetgan edi.

Yangiliklar lentasi
0