Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokalar: nimalarga kelishildi?

© AP Photo / Korea Pool via APMinistr yujnokoreyskoy assotsiatsii Cho Myung Gion i glava severokoreyskoy delegatsii Ri Son Gvon vo vremya vstrechi v Panmundjome. 9-yanvarya 2018
Ministr yujnokoreyskoy assotsiatsii Cho Myung Gion i glava severokoreyskoy delegatsii Ri Son Gvon  vo vremya vstrechi v Panmundjome. 9-yanvarya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasida vazirlar darajasidagi muzokaralar boshlandi. Ushbu muzokaralarda Seul Pxenyanga ajralgan oilalar uchrashuvini o‘tkazishni taklif etdi. Boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. 2018-yil 9-yanvar sanasida shu vaqtgacha urush yoqasida bo‘lib kelgan Janubiy va Shimoliy Koreya delegatsiyalari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Renxap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini muhokama qilib, shimoliy koreyalik sportchilarni Pxonchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtiroki masalasini ko‘rib chiqadilar.

Vid na gorod Seul s gori Namsan - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya KXDRga oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif etdi
Ayni vaqtga qadar, e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, Janubiy Koreya KXDR delegatsiyasi Olimpiadada ishtirok eta olishi uchun Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalalarini ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan.

Cheklov choralaridan aynan qaysilari olib tashlanishi haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq Seul bu borada BMT Xavfsizlik kengashi sanksiya qo‘mitasi, AQSh va boshqa "manfaatdor tomonlar" bilan "yaqindan maslahatlashish"ni rejalashtirgan.

Janubiy Koreya TIV vakili, "yadro va raketa ishlab chiqarish" xavfining jiddiyligini e’tiborga olgan holda Seul KXDRga nisbatan xalqaro bosim choralariga to‘liq amal qilishini qo‘shimcha qilgan.

Shimoliy Koreya delegatsiyasi o‘z navbatida, Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yirik delegatsiyani yuborishini ma’lum qilgan. Uning tarkibida musiqachilar, sport muxlislari va jurnalistlar bo‘lishi aytilmoqda.

Qishki Olimpiya o‘yinlari Pxonchxanda 9-fevralda boshlanib 25-fevralga qadar davom etadi.

Janubiy Koreya KXDRga oy taqvimi bo‘yicha keladigan Yangi yil(15 fevral) munosabati bilan millatning ikkiga ajralib ketishi oqibatida bir-biridan ajralib qolgan oilalar uchrashuvini o‘tkazishni taklif etgan.

Yangiliklar lentasi
0