Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorligini bildirdi

© REUTERS/KCNA/File Shkolniki stoyat radom s severokoreyskim liderom Kim Chen In
Shkolniki stoyat radom s severokoreyskim liderom Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki Koreya davlati yetakchilari uchrashuvi ikki marotaba bo‘lib o‘tgan. Ya’ni Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari hozirgi mamlakat rahbari otasi - Kim Chen Ir davrida Pxenyanda 2000 va 2007-yillarda. 2007-yilgi uchrashuv hozirda oxirgisi bo‘lib qolmoqda

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligi haqida bayonot qildi. Ammo "ma’lum shartlar asosida", deb qo‘shimcha qildi u. Bu haqda Renxap axborot agentligiga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.

Ministr yujnokoreyskoy assotsiatsii Cho Myung Gion i glava severokoreyskoy delegatsii Ri Son Gvon  vo vremya vstrechi v Panmundjome. 9-yanvarya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokalar: nimalarga kelishildi?

Xabarga ko‘ra, tegishli bayonot Janubiy Koreya rahbari tomonidan chorshanba kuni har yili o‘tkaziladigan an’anaviy matbuot-anjumani vaqtida aytilgan.

O‘tgan yilning yoz faslida ham Berlinda vaqti Mun Chje In Shimoliy Koreya yetakchisi bilan aloqa zarurligini va ikki tomonlama oliy darajadagi uchrashuv, agar u ziddiyat va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga xizmat qilsagina bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Ikki Koreya davlati yetakchilari uchrashuvi ikki marotaba bo‘lib o‘tgan. Ya’ni Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari hozirgi mamlakat rahbari otasi — Kim Chen Ir davrida Pxenyanda 2000 va 2007-yillarda. 2007-yilgi uchrashuv hozirda oxirgisi bo‘lib qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0