Innovatsiya, innovatsiya, innovatsiya: bizga u nimaga kerak?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPosetiteli vistavki
Posetiteli vistavki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Innovatsiya" so‘zi ko‘p yangraydigan bo‘lib qoldi, uni elektron va bosma nashrlarda, radio orqali, aksariyat vazirliklar yillik ish dasturlarida ham uchratish mumkin. E’tibor bersam, yaqinlarim davrasida ham bu so‘z tez-tez jaranglay boshlabdi. Bu atamaning ma’nosi nima va uning kundalik hayotimizga singdirilishi mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar muhim?

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi barpo etilishi haqida e’lon qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz", degan edi.

V sexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Innovatsiya markazi buyurtmalar qabul qilishni boshladi

Joriy yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili", deb e’lon qilingach, mamlakatda "innovatsiya" so‘zi ko‘p yangray boshladi: oynai jahonda ham, elektron va bosma nashrlarda ham, radio orqali ham, hatto, aksariyat vazirliklar yillik ish dasturlarida ham aynan shu vaqtgacha bizga deyarli notanish bo‘lgan "innovatsiya" so‘zini uchratish mumkin.

E’tibor bersam, turli sohalarda ishlaydigan tanishlarim davrasida ham bu so‘z tez-tez jaranglay boshlabdi.

Ammo… ko‘pchilikning dardi ichida.

"Innovatsion g‘oya" berish topshirig‘ini olgan aksariyat fuqarolar bu so‘zning ma’no-mazmuni, mohiyatini to‘liq anglagani yo‘q. "Innovatsion g‘oya berishim kerak ekan. U nima o‘zi?" degan savol bilan bir-biriga murojaat qilayotgan fuqarolar soni bugun ko‘paygani rost.

Internet sahifalarida ham innovatsiyaga oddiy so‘zlar bilan javob topishni istagan foydalanuvchilar ko‘plab uchramoqda.

Haqiqatan ham, o‘zbek tiliga o‘girganda hozircha "noodatiy yechim" tarzida qo‘llanilayotgan bu so‘zning insonlar kundalik hayotiga singdirilishi fuqaro hayotida qanday aks-sado beradi? Innovatsiya mamlakat taraqqiyotida qanday rol o‘ynaydi? U nima o‘zi?

Innovatsion rivojlanish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston

Shu kechayu-kunduzdagi hayotimiz yangi tushunchalar, mahsulotlar, texnologiyalarga limmo-lim. Nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo taraqqiyotning yangi — innovatsion yo‘lini tanlagan. Nega?

Proyekt Tashkentskoy kolsevoy jeleznoy dorogi - Sputnik O‘zbekiston
Kelajakka sayohat: 2030-yilda O‘zbekiston qanday holatda bo‘ladi

Chunki bugun innovatsion g‘oyalar, yangiliklar — mamlakatning rivojlanish darajasini belgilab bermoqda.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili Xideki Mori O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilga kelib daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan mamlakatga aylanishini prognoz qilgan edi.

Innovatsiya nima uchun kerak?

Innovatsiyalar ahamiyatini baholash o‘ta murakkab. Bugungi kunda siz-u bizning hayotimizni o‘zgartirgan innovatsiyalarning aksariyati ilmiy laboratoriyalarda dunyoga kelgan. Olimlar ko‘plab organizmlarning genetik tarkibini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar, bu esa biotexnologiyalar — organizmdagi genetik materiallarni boshqarish haqidagi fanning rivojlanishiga olib keldi.

V Sergeli otkrivayetsya innovatsionniy avtodrom - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida yirik innovatsion avtodrom qurilishi yakuniga yetmoqda
DNK analizi Janubi-Sharqiy Osiyoda yuz bergan sunamidan keyin yo‘qolgan bolalar va ularning ota-onalarini birlashtirish imkonini bergan edi.

Shuningdek, yangi texnologiyalar jinoyatlar surishtiruvini o‘tkazish va jinoyatchilarni izlash usullarini o‘zgartirmoqda.

Innovatsion o‘zgarishlarning aksariyat qismi hayotimizga sanoat tovarlari bilan kirib keladi va hayot tarzimizni yaxshilashga, yengillashtirishga qaratilgan. Misol uchun, elektron-nurli televizor va monitorlardan suyuq kristalli ekranlarga o‘tish. Uyali aloqa vositalarining kirib kelishi yana bir yaxshi innovatsion yangilikka misol bo‘la oladi. Umuman, yoppasiga xaridor qiziqishiga sabab bo‘layotgan tovarlar borki, singdirilgan innovatsiyaga misol tarzida qo‘llasa bo‘ladi.

Deylik, chang yig‘uvchi xaltasi bo‘lmagan changutgichlar (bu ajoyib kashfiyot uy bekalarimiz tomonidan munosib baholanishi, shubhasiz), raqamli fotoapparatlar va videokameralar va boshqa ko‘plab tovarlar ortida innovatsion yangiliklar turadi.

Eslatib o‘tmoqchiman, 2017-yil oxirida Parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi ilm-fan ahvolini qattiq tanqid qilgan va 25-yil davomida mamlakat ilm-fan bilan shug‘ullanmaganini, balki borini yo‘q qilganini aytgan edi.

O‘zbekistonda innovatsiyalarga "yashil chiroq" yoqildi

Innovatsiyalarning paydo bo‘lishi ortida — uzoq yillar davomida amalga oshirilgan o‘ta mashaqqatli mehnat yotadi. Ammo ko‘pincha, innovatsiyani yaratishdan ko‘ra, uni singdirish o‘ta qiyin masalaga aylanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda innovatsiyalarga "yashil chiroq"ni yoqish maqsadida, "O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Vistavka Bal Robotov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etildi

Yangi vazirlik vazifalari mamlakatda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, ilmiy-eksperimental ixtisoslashgan laboratoriyalar, yuqori texnologik markazlar, texnoparklar va boshqa innovatsion tuzilmalarni mustahkamlashdan iborat.

Ma’lum qilinishicha, innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazida buning uchun barcha sharoit yaratiladi. Ushbu muassasada ilmiy-konsultativ, iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion ehtiyojlarini o‘rganish, yoshlar innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Iqtidorli yoshlar bu yerda yangi ishlanma va texnologiyalar bilan tanishish barobarida start-ap loyihalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Multimillioner bo‘lishni xohlasangiz, innovator bo‘ling 

Denejnie kupuri i moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodiga pul tikadigan tadbirkorlar tekshirilmaydi - Prezident
Bugungi kunda O‘zbekistonni kelajakda boy qiladigan tadbirkorlik sohasini misol tarzida oladigan bo‘lsak, o‘z biznesida yangi, noan’anaviy yoxud bozorda allaqanday yangi tovarni taklif qilgan tadbirkor xaridorlar e’tiborini qozonish singari noyob imkoniyatga ega bo‘ladi. Bunday tadbirkorlar "innovatorlar" deyiladi. Bozorning qolgan ishtirokchilari vaziyatni obdon o‘rganib, mijozlarga muqobil tovarni taklif eta boshlagach, ushbu tovar yangilik safidan chiqariladi va qo‘shimcha daromad keltirmay qo‘yadi. Demak, innovatsiya o‘z davrini yakunlaydi va an’anaviy tovarga aylanadi. Endilikda qo‘shimcha daromad manbai uchun navbatdagi innovatsiya zarur bo‘ladi.

Qadriyatlarga erishish vaqti qisqaradi

Insoniyatning eng oliy qadriyatlaridan biri — salomatlik sohasini olaylik (chunki sog‘lom bo‘lishni istisnosiz hamma xohlaydi).

Innovatsion yangilik jihatdan 2018-yil O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida juda qiziq yil bo‘lishi kutilmoqda.

Sentr po vedeniyu beremennosti i rodov u jenshin s serdechno-sosudistimi zabolevaniyami v GKB № 6 Chelyayuinska - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda homilador ayollar ommaviy ultratovush tekshiruvidan o‘tkaziladi
Mamlakatda homiladorlikning dastlabki ikki oyida ayollar markaziy ko‘p tarmoqli tuman (shahar) poliklinikalarida tug‘ishdan oldin ommaviy tekshirilishini — mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga singdirilgan 2017-yilning eng yaxshi innovatsion g‘oyasi sifatida misol keltirish mumkin.

Afsuski, og‘ir irsiy kasalliklardan hech kim kafolatlanmagan. Ammo endilikda xavf guruhiga kiradigan homilador ayollarda genetik sindromlarni biokimoviy tekshirishni bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan homilada tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldi olinadi hamda ularga barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlari takomillashtiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘n to‘qqizinchi asrda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ilk marta paydo bo‘lgan "innovatsiya" atamasidan, to‘g‘rirog‘i o‘zgarishlardan qo‘rqish kerak emas. Negaki, innovatsiya bu — ishlab-chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishni ta’minlashga qaratilgan yangilikdir.

Innovatsiyani maqsadga erishish sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, maqsad inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demakki, innovatsion g‘oyalar orqali biz qadriyatlarga indin emas, balki ertaroq, ertaga erishishimiz mumkin. 

Tez rivojlanayotgan, ilm-fan sohasida tobora yaxshilanayotgan davlat esa dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi. Innovatsiya — bu iqtisodiy o‘sish, demakki ijtimoiy farovonlik va jamiyat rivoji garovi. Innovatsion rivojlanish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston esa mana shunday katta yo‘l boshida.

Yangiliklar lentasi
0