TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostantsiya texnikalari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mahsulotlar "Oʻzelektoapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda.
"Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda", deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, ilgʻor texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmas edi.