Jamiyat

Qurʼon musobaqasida ishtirok etish uchun 2 mingdan ortiq kishi hujjat topshirdi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Mediabankka oʻtishVo vremya slujbы v mecheti. Arxivnoye foto
Vo vremya slujbы v mecheti. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fuqarolardan kelib tushayotgan koʻplab talab-istaklarni inobatga olgan holda ishtirokchilarni roʻyxatga olish muddati 13 yanvardan 15 yanvargacha uzaytirildi

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Qurʼon musobaqasini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaning maʼlum qilishicha, 10 yanvar holatiga koʻra musobaqada ishtirok etish uchun 2079 kishi (1118 nafar erkaklar, 861 nafar ayollar) hujjat topshirdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Musobaqada ishtirok etish uchun 8 yanvar holatiga koʻra 733 nafar yurtdoshlarimiz hujjat topshirishgan, 9 yanvar holatiga koʻra 1101 tani tashkil etgan edi", deyiladi xabarda.

Qurʼon musobaqasida 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan barcha fuqarolari hifz va tilovat yoʻnalishlari boʻyicha qatnashishlari mumkin.

Fuqarolardan kelib tushayotgan koʻplab talab-istaklarni inobatga olgan holda ishtirokchilarni roʻyxatga olish muddati 13 yanvardan 15 yanvargacha uzaytirilgani maʼlum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0