Turkiyada Troya yili e’lon qilindi

© RIA Novosti / Alena PalajchenkoMinistr kulturi i turizma Tursii Numan Kurtulmush na sermonii otkritiya Goda Troi
Ministr kulturi i turizma Tursii Numan Kurtulmush na sermonii otkritiya Goda Troi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Turkiyani madaniyat sohasida jahon brendiga aylantirishga harakat qilamiz va butun dunyoga mashhur Troya bunda yordam beradi", - deb bayonot qildi Turkiya madaniyat va turizm vaziri No‘mon Qurtulmush

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Turkiya 2018-yilni Troya yili deb e’lon qildi, ushbu munosabat bilan Turkiya shimoli-g‘arbida joylashgan qadimiy Troya va Chanakqal’a shaharlarida tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Troya — butunboshli sivilizatsiyalar uchun ilhom manbai, asotirlar onasi, Sharq va G‘arb uchrashgan va kurashgan hudud, u noyob merosga ega. Bizlarga meros qolgan bu qadim toshlarni nafaqat asrab qolishni, balki jahon muzeyi va turistik markaziga aylantirishni xohlaymiz", — degan Chanakqal’a gubernatori Orxan Tavli.

"Turkiyada neft konlari, tabiiy yerosti boyliklari yo‘q, lekin madaniyat va tarix sohalarida ulkan boyliklarga ega. Biz g‘aroyib jo‘g‘rofiy mintaqada yashash baxtiga muyassar bo‘lganmiz, 24 ta sivilizatsiya o‘tgan bu yerda. Biz bu boyliklarni qadrlashimiz bilan birga, ajdodlarimizdan bizga meros qolgan madaniy boyliklarni avlodlarimiz uchun asrab-avaylash va topshirish uchun mas’uliyatlimiz.

Turkiyani madaniyat sohasida jahon brendiga aylantirishga harakat qilamiz va butun dunyoga mashhur Troya bunda yordam beradi", — deb bayonot qilgan Turkiya madaniyat va turizm vaziri No‘mon Qurtulmush.

Vazir avgust oyida ochilishi rejalashtirilayotgan Troya muzeyi Turkiya va jahon madaniyati va turizmi markaziga aylanishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0