TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan "Tafsilot-press" gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari N. Ashurov Fargʻonadagi tibbiyot muassasalari va bogʻchalarda zaxira rejasida koʻrsatilgan hajmda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yaratilmagani holatini gazetada yoritmaslik uchun 1ming 500 dollar AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan, deb xabar qilmoqda Oʻbekiston milliy axborot agentligi.
Ashurovni qoʻlga olish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi, Fargʻona shahar va Fargʻona tuman boʻlimi xodimlari, Milliy xavfsizlik xizmati Fargʻona tumani boʻlimi xodimlari jalb qilingan.
2017 yil 19 dekabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida N.Ashurov Fargʻona shahridagi "Doʻstlik" mehmonxonasi yonida 800 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.
Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan "Tafsilot-Press" gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari N.Ashurovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.