GM Uzbekistan: aksiz kamayishi avtomobillar narxi tushishiga olib kelmaydi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun aksiz solig‘i 5 baravar kamaytirilgan edi. Ushbu chora ishlab chiqaruvchi xarajatlarini kamaytirishga qaratilgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun aksiz solig‘i kamaytirilishi munosabati bilan avtomobillar narxi tushishi rejalashtirilmagan, deb xabar qildi GM Uzbekistan.

GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillari uchun aksiz solig‘i 5 baravar kamaytirildi

O‘tgan yilning oxirida qabul qilingan prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtombillar uchun aksiz solig‘i 27%dan 5 %gacha kamaytirilgan edi. Bu, o‘z navbatida, aholi orasida avtomobillar narxi tushishi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi.

GM Uzbekistan bergan izohiga ko‘ra, aksiz solig‘i miqdorini kamaytirish, xorijiy valyuta narxlari ko‘tarilishi munosabati bilan oshgan, ishlab chiqaruvchi xarajatlarini qoplash maqsadida amalga oshirilgan. 

«GM Uzbekistan» avtomobillarining aksiz soliqlarining pasaytirilgan stavkasi 2017-yilning 5-sentabridan amalda qo‘llanib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, aksiz soliq stavkasining o‘zgarishi bilan narxlar tushirilishi ko‘zda tutilmayapti”, — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 5-sentabrida imzolangan 701-sonli  qaroriga binoan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar narxi 2017-yilning AQSh dollarining 31-avgustidagi kursi 4210,35 so‘m miqdorida va aksiz solig‘i 5% miqdorida – qat’iy belgilab qo‘yilgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0