MXX to‘g‘risidagi qonun loyihasi 10-oktabrgacha ishlab chiqiladi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. MXX haqida qonun loyihasi 10-oktabrgacha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Bu haqida "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasida belgilab o‘tilgan.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
MXXni ulkan islohotlar kutmoqda
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Loyihaning bajarilish muddati 2018-yil 10-oktabr etib belgilangan.

Ijro uchun mas’ullar: Prezident devoni, MXX, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Qonun loyihasida davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining vazifa va funksiyalari, huquqiy maqomi, vakolatlari; bu sohadagi parlament nazoratining mexanizmlari va faoliyatning samaradorligi mezonlari belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0