TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 2017 yilda GM Uzbekistan qoʻshma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga oshdi va 135,471 ming donani tashkil etdi, deb maʼlum qildi respublika Statistika qoʻmitasi.
Xususan, Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi 34,544 ming dona (+7,4%), Cobalt — 18,014 ming dona (+4,6 marta), Matiz — 13,002 ming dona (+ 4,4 marta), Spark — 22,36 ming dona (+26,1%), Gentra — 19,164 ming dona (+ 2 marta), Damas — 22,496 ming dona (+33,8%), Captiva — 4,54 ming dona (+2,1 marta), Malibu — 963 dona (+4,5 marta), Orlando – 388 dona (+15,5%)ni tashkil etdi, deb yozadi RIA Novosti.
Hozirda GM Uzbekistan yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, korxonada 9 rusumdagi avtomobil ishlab chiqariladi.