TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Davlatning monopoliyani saqlab turish niyati yoʻq, lekin hozirgi kunga qadar tarmoqlarning taraqqiyot boʻyicha aniq rejalari yoʻq edi, deb taʼkidladi juma kuni jurnalistlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Suxrob Xolmurodov.
"2018 yildagi vazifa — har bir tarmoq u nimani xohlashini bilishida", deb alohida qayd etdi Xolmurodov.
Suxrob Xolmuradov chet el sarmoyadorlarining biznes-aktivlari dahlsizligi haqidagi savolga ham izoh berib oʻtdi.
"Oʻzbekistonning kelajagini chet el investitsiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, va biz buni hozir yaxshi anglaymiz. Agar biz chet ellik sarmoyadorlar ishonch bildiradigan investitsiya muhitni yuzaga keltirmas ekanmiz, bularning barchasi befoyda.
Orqaga yoʻl yoʻq. Oʻzbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, Oʻzbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", — deb bayonot qildi Bosh vazir oʻrinbosari.