Iqtisod

Oʻzbekiston oʻziga dengizga yoʻl ochayapti

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishV rayone ostrova Shikotan
V rayone ostrova Shikotan - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bandar-Abbos, Poti, Batumi, Ilichevsk, Mersin, Boltiqboʻyi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqishni moʻljallamoqda

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Joriy yil noyabr oyigacha eksport qilinadigan asosiy yuklarni qator hududlar orqali temir yoʻl transportida tranzit tashishda tarif preferentsiyalarini olish choralarini koʻrish boʻyicha "Yoʻl xaritasi" va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Flag Irana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Eron yuklarni tranzit orqali tashishni muhokama qilmoqda
Bu haqida "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasida belgilab oʻtildi.

Jumladan, Turkmaniston va Eron hududlari orqali — Bandar-Abbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga, Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali — Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk bandargohlari, Oʻrta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga, Qozogʻiston va Rossiya hududlari orqali — Boltiqboʻyi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqish uchun choralar koʻriladi.

Hujjatda tegishli davlatlar temir yoʻl maʼmuriyatlariga murojaatlar yuborish; masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar davomida koʻrib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni aniq belgilash; chet el davlatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari vakillarini keng jalb qilish; loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish kabilar nazarda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala