Mirziyoyev Diplomatiya universiteti faoliyatidan norozi bo‘ldi

© Botirjon GaniyevJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti chinakam istiqbolli, o‘z kasbiga sadoqatli va professional yosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazifalarni to‘laqonli bajarayotgani yo‘q, dedi Mirziyoyev

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Mirziyoyev Diplomatiya universiteti faoliyatidan norozi bo‘ldi. "Ayni vaqtda diplomat kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda", — deb aytgan prezident juma kuni elchilar bilan o‘tkazgan yig‘ilish davomida.

"Afsuski, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti) chinakam istiqbolli, o‘z kasbiga sadoqatli va professional yosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazifalarni to‘laqonli bajarayotgani yo‘q. Universitet bitiruvchilarining davlat idoralariga ishga joylashishi o‘ta past darajada qolmoqda.

Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
"Elchi bo‘lsa-yu": Mirziyoyev elchilarga mudrab yotmaslikni maslahat berdi
Misol uchun, 2017-yilda universitetni bitirgan 235 yoshlarning atigi 14 nafari Tashqi ishlar vazirligiga ishga qabul qilingan. Ular orasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini bitirgan bironta ham yigit-qiz yo‘q.

Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga ham ushbu universitetni o‘tgan yil tamomlagan bironta yosh mutaxassis ishga olinmagan.

Shu munosabat bilan Komissiya (O.Murodov) Bosh vazir A.Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchilari R.Qosimov, U.Ismoilov bilan birgalikda bir oy muddatda: Tashqi ishlar vazirligida kadrlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, avvalo, iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha aniq takliflar; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlashi lozim", dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq qator OAVlar diplomatiya universiteti rektori A.Jumanov ishdan olingani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi. Hozircha bu ma’lumot rasman o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0