O‘zbekiston UGMK bilan hamkorlikda yangi tog‘-kon majmuasi qurishni boshlaydi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishRabota gorno-metallurgicheskogo kompleksa
Rabota gorno-metallurgicheskogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Ural tog‘-kon metallurgiya kombinati bilan birgalikda, yiliga 1 million tonnadan ortiq po‘lat mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, yangi majmua quriladi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi tog‘-kon majmuasi qurilishi loyhasini tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarga yaqin bo‘lgan loyiha Qoraqalpog‘iston Respulikasi Qorauzak tumanida joylashgan Tebinbulak koni asosida quriladi. 2024-yilga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilayotgan yangi majmuaning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mln tonnadan ortiq po‘lat mahsulot bo‘ladi.

Tog‘-boyitish kombinati - Sputnik O‘zbekiston
2016 yilda Sautbayda tog‘-kon majmuasi qurilishi boshlanadi

O‘zbekiston tomonidan loyiha qurilishiga javobgar etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tayinlandi. Prezident topshirig‘ika ko‘ra AJ 2018-yilning 1-apreliga qadar majmua qurilishi bo‘yicha boshqarma tashkil qilishi va moliya manbaalari haqida hisobot tayorlashi, shuningdek loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishi kerak.

Qurilish jarayonida paydo bo‘ladigan masalalarni tezkor yechish maqsadida, prezident, Achilbay Ramatov boshchiligida ishchi komissiya tashkil qilishni topshirdi.

Shuningdek, “O‘zbekenergo”ga yangi qurilayotgan obyektni, o‘z mablag‘lari hisobidan 2019-yilning 1-yanvariga qadar tashqi energiya tizimiga ulash topshirildi. Shuningdek kompaniya 2019-2024 yilllar davomida tog‘-kon majmuasini uzuluksiz energiya manbai bilan ta’minlashi tizimini yaratishi kerak.

Rossiyskiy i Uzbekskiy flagi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Moskva 16 mlrd dollarlik 50dan ortiq hujjat imzolaydi

Eslatib o‘tamiz, yangi majmua Rossiyaning UGMK (Ural tog‘-kon majmuasi) bilan hamkorlikda qurilmoqda. UGMKning bosh asoschilaridan biri, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Iskandar Mahmudovdir. Yangi majmua qurilishi haqidagi memorandum, Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprel oyida Rossiyaga bo‘lgan tashrifi davomida imzolangan edi.

Yangi loyihaning umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. Ushbu mablag‘ning bir qismi xitoy banklari krediti hisobidan qoplanishi mumkin.

Tebinbulak konida ruda zahiralari 450 mln tonnani, umumiy zahiralar miqdori 3 mlrd tonnani tashkil qiladi. Yillik qayta ishlanadigan ruda miqdori 22 mln tonna miqdorida belgilanmoqda. Majmuada yiliga 65 % temirga ega bo‘lgan temir-ruda konsentrati va 1,5 mln tonna chugun mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Majmuada ishlab chiqariladigan mahsulot Afg‘oniston va Markaziy Osiyoning qo‘shni  mamlakatlariga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0