Toshkentda ilk bor katta harbiy festival bo‘lib o‘tdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaPrazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente
Prazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vatan himoyachisi kuni arafasida Toshkentda tantanali harbiy festival, konsert va avtomobillar paradi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkent osmonida vertolotlar, shahar markazida saf tortgan harbiy qo‘shnlar va qurol-aslaha namoyishi – bugun Toshkentda Vatan himoyachisi kuni nishonlanmoqda.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda harbiy festival
Prazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy festival

Bugun O‘zbekiston tarixida birinchi bor Vatan himoyachisi kuni ana katta tantana bilan nishonlanmoqda. Shahar markazida bo‘lib o‘tayotgan “Qurolli kuchlar va yoshlar”  festivalida harbiy qo‘shlar qurol-aslahalari, zarhlangan texnika va harbiy kiyim boshlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda harbiy festival
Prazdnovanie Dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy festival

Fuqarolar u yerda nafaqat bugungi kunda ularni qanday jihozlangan qurolli kuchlar himoya qilayotganini ko‘rishlari balkim, qurol-aslaha bilan yaqindan tanishishlari, o‘z qo‘llari bilan ushlab qurishlari mumkin. Bunday imkoniyat, albatta O‘zbekiston fuqarolari qalbini ishonchga to‘ldirishi, yosh avlodni esa vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun kerakli muhit yaratadi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda harbiy festival
Prazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy festival

Toshkent markazida tashkillashtirilgan namoyida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 50dan ortiq harbiy texnika, 200ga yaqin o‘qotar qurollar va boshqa harbiy aslahalar namoyish etilgan. Namoyishni osmonda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib uchayotgan vertolotlar va desantchi va maxsus bo‘linmalar namoyishlari to‘ldirib turibdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda harbiy festival
Prazdnovanie Dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy festival

Qanday bayram harbiy orkestrsiz bo‘lishi mumkin? Qo‘shni maydonchada O‘zbekistonning barcha kuch tizimlari orkestrlari ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tmoqda. Ular orasida Markaziy harbiy ashula va raqs ansambli, IIV ansambli, MXX Chegara qo‘shnlari ansambllari bor.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda harbiy festival
Prazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy festival

Uning yonginasida esa harbiy dala oshxonasi ishlab turibda. Barcha xoxlovchilar zamonaviy o‘zbek askarlarning kundalik ovqatlarini tatib ko‘rishlari mumkin.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda harbiy festival
Prazdnovanie Dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy festival

Shahar ko‘chalari bo‘ylab esa harbiy avtomobillar paradi bo‘lib o‘tishi ham bayramning qiziq voqealaridan  biriga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0