O‘zbekistonda valyutafurushlarga qarshi kurash davom etmoqda

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatida qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 5 nafar valyutafurushlar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida yirik valyutafurush-retsidivist qo‘lga olindi

"Tezkor xodimlar Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar shaxsni qo‘lga olishdi. Jumladan, o‘zining uyida Fazliddin Raximov va uning sheriklari Maxsud Latipov va Akbar Xasanov qo‘lga olindi. Ular 6600 dollarni 8300 so‘m kurs bo‘yicha 54,7 million so‘mga sotishga harakat qilishgan", — deb ma’lum qilishdi MXXda.

Bundan tashqari, Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Alisher Komilov va Mansurjon Fayziyev qo‘lga olindi. Ular 7800 dollarni 8240 so‘m kurs bo‘yicha 64,2 million so‘mga sotishga urinishgan. Shaxsiy ko‘zdan kechirish davomida Fayziyev yonidan qo‘shimcha tarzda 585 dollar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzurida Departament viloyat boshqarmasi qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda MXX qo‘lga olgan valyutafurush 7 ming dollaridan ayrildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017-yil 5-sentabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo‘lga qo‘yilgandi. Valyuta sotib olinishi tijorat banklarning konversion bo‘limlarda xalqaro to‘lov kartalariga tushirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu kartalardan foydalanish chet el mamlakatlarda hech qanday cheklovlar yo‘q.

O‘tgan yilning sentabr-noyabr oylarida jismoniy shaxslar 727 million dollar sotishgan. Aholiga esa xorijiy valyutani tijorat banklarning konversion bo‘limlar orqali 5 baravarga ko‘p — 34 million dollar sotilgan.

Yangiliklar lentasi
0