Mirziyoyev Xitoy elchisini "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotladi

© Ofitsialnыy veb-sayt prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, vruchil poslu KNR Sun Litsze vыsokuyu gosudarstvennuyu nagradu stranы – orden "Dustlik"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, vruchil poslu KNR Sun Litsze vыsokuyu gosudarstvennuyu nagradu stranы – orden Dustlik - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻz navbatida, Xitoy elchisi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, XXR Raisi Si Tszinpinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 16 yanvar kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Sun Litszeni qabul qildi.

Iqtisod
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy birgalikda Yevropagacha eng qisqa temiryoʻl quradi
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Xitoy elchisining faoliyati samarali boʻlgani hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga katta hissa qoʻshganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

2017 yil may oyida XXRga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif va ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlar Oʻzbekiston — Xitoy hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish va uni aniq mazmun bilan boyitish imkonini bergani taʼkidlandi.

Turli darajadagi aloqalar, jumladan, parlamentlar va mintaqalararo munosabatlar faollashdi. Tomonlar bir-birini xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham qoʻllab-quvvatlamoqda.

Oʻzaro savdo hajmi izchil ortib bormoqda. 2017 yil yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 4,5 milliard dollarga yetgan. Gidroenergetika va neft-gaz tarmogʻi, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalari barpo etish sohalarida yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muhim mintaqaviy transport yoʻlaklari — "Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy" avtomobil va temir yoʻllarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikdagi ishlar boshlab yuborilgan.

Madaniy-gumanitar, ilmiy va taʼlim sohalaridagi almashinuvlar kengaymoqda.

Obrabotka risovыx poley vo Vyetname - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirish boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganadi
Oʻz navbatida, Xitoy elchisi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, XXR Raisi Si Tszinpinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Diplomat Xitoy oʻzaro munosabatlarga muhim ahamiyat qaratayotgani, Oʻzbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash tarafdori ekanini alohida taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev XXR elchisining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasini inobatga olib, Sun Litszega Vatanimizning yuksak davlat mukofoti — "Doʻstlik" ordenini topshirdi.

Elchi Sun Litsze Mirziyoyevga uning faoliyatini yuksak baholagani va "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlagani, shuningdek, Oʻzbekistonda XXR diplomatik missiyasi faoliyatiga berilayotgan har tomonlama koʻmak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda bundan buyon ham faol ishtirok etish maqsadida ekanini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala