Qur’on musobaqasida Aqto‘be qurbonlari haqiga duo qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlarida kuni kecha, 18-yanvar kuni Qur’on tilovatlari qilinib, marhumlarning haqqiga bag‘ishlandi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Kecha, 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan, ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘limiga olib kelgan fojia munosabati bilan halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirilmoqda.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi avtobus halokati: qurbonlar ro‘yxati

Ushbu sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlarida kuni kecha, 18-yanvar kuni Qur’on tilovatlari qilinib, marhumlarning haqqiga bag‘ishlandi. Bunday savobli ishlar shu kunlarda ham davom ettirilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0