Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga qilingan hujumda 43 kishi qurbon bo‘ldi

© REUTERS / Omar SobhaniSoldati afganskoy armii
Soldati afganskoy armii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurbonlar orasida Afg‘onistonning Pokistondagi bosh konsuli va bir nafar Ukraina fuqarosi ham bor.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga qurolli hujum uyushtirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Shanba, 20-yanvar kuni soat 17:30 larda besh nafar qurollangan jangarilar Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga bostirib kirishdi. Shundan so‘ng mehmonxonada 18 soat davomida otishma, portlash ovozlari eshitilib turdi. Binoning bir necha oynalaridan yong‘in chiqdi.

Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, ushbu teraktda 43 kishi qurbon bo‘lgan. Ular orasida Afg‘onistonning Pokistondagi bosh konsuli va bir nafar Ukraina fuqarosi ham bor.

Hujum vaqtida mehmonxonada bo‘lgan fuqarolarning 126 nafari qutqarib qolingan. Ular orasida 41 nafar chet ellik mehmonlar ham bor.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0