Siyosat

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy hukumatlari oʻrtasida uch tomonlama majlis boʻlib oʻtadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu tadbir oldidan xalqaro avtomobil tashuv masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston va Oʻzbekiston-Xitoy ikki tomonlama majlislarini oʻtkazish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. 2018 yilning 24-25 yanvar kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy hukumatlari oʻrtasida 1998 yil 19 fevralda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovlari toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama majlis boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Transport va yoʻllar vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi delegatsiyalari ishtirok etadi.

Ushbu tadbir oldidan xalqaro avtomobil tashuv masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston va Oʻzbekiston-Xitoy ikki tomonlama majlislarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0