Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan xayriyaning birinchi kunida 60 mln soʻm yigʻildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taniqli bloger Xushnudbek va oshpaz Bahriddin Chustiylar Aqtoʻbe qurbonlari oilalariga yordam koʻrsatish maqsadida tashkillashtirgan xayriya aktsiyasining birinchi kunida katta mablagʻ jamlandi.

TOSHKENT, 22 yanv – Sputnik. Taniqli bloger Xushnudbek va oshpaz Bahriddin Chustiylar Aqtoʻbe fojeasi qurbonlari oilalariga yordam berish maqsadida xayriya aktsiyasi eʼlon qilishgan edi.

Bugun ushbu tadbirning birinchi natijalari maʼlum boʻldi. Aktsiyaning birinchi kunida 60 mln soʻmdan ortiq mablagʻ jamlangan.

“1 kun ichida aktsiyaga 60 mln. soʻmdan ziyodroq pul yigʻildi. Bunda Oʻzbekistondan soʻm plastikka oʻtkazilgan, pul oʻtkazish xizmatlari orqali xorijdan yuborilgan naqd pullar (hali qoʻlga olinmagan boʻlsa ham) hamda PayPal tizimi orqali oʻtkazilgan elektron pullar hisobga olindi. Hali biz 60 mln. ichiga valyuta kartasiga oʻtkazilgan pullarni qoʻshmadik”, — deb yozgan Xushnudbek oʻzining sahifasida.

Xabarida aytilishiga koʻra, Bahriddin Chustiy Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida  boʻlib hokimiyat vakillari bilan uchrashgan va oʻz yaqinlarini yoʻqotgan bir necha xonadonlarga tashrif buyurishgan.

“Toʻraqoʻrgʻon tumanida 20 ta xonadondan 21 kishi vafot etibdi, “Katta qurama” mahallasining oʻzidan 10 kishi… <…>  Dastlabki taassurotlar shunaqaki, marhumlarning oilasidagi ahvol haqiqatdan yaxshi emas. Anchayin nochor turishar ekan. Rasmlar ilova qilinadi”, — deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston xalqining saxovatiga umid qilgan holda, Xushnudbek va Chustiy 500 mln. soʻmdan ortiq  mablagʻ jamlashni maqsad qilishgan.

Xayriya aktsiyamiz davom etadi. Hozircha dastlabki rejalarimiz boʻyicha, xalqimizning sahovati natijasida har bir marhumning oilasiga 10 mln. soʻmdan ajratishni niyat qilganmiz. Shunda taxminan 500 mln soʻmdan koʻproq mablagʻ kerak boʻladi. Umid qilamizki, birgalashib, ushbu dovonni bemalol zabt eta olamiz”, — deyilgan xabar soʻnggida.

© Facebook / Xushnudbek XudayberdыevBahriddin Chustiy hokimiyat vakillari bilan Aqtobe fojeasida jabrlangan oilalardan xabar oldi
Semi jertv pojara v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Bahriddin Chustiy hokimiyat vakillari bilan Aqtobe fojeasida jabrlangan oilalardan xabar oldi
Xayriya aktsiyasida ishtirok etishni istaganlar uchun:

Soʻmda pul oʻtkazish uchun plastik karta raqami: 8600 3104 3723 2663
Xorijiy valyutada pul oʻtkazmalari uchun plastik raqami: 4847 9907 0722 6123
Ikkala karta ham Bahriddin Najmiddinov nomiga ochilgan.
PayPal tizimi orqali: paypal.me/AbrorjonKodirov (abrorkodirov.uz@gmail.com)
Savollar tugʻilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0