Madaniyat

14 fevral kuni "Dutorchilar" ansambli kontsert dasturini taqdim etadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kontsert Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida oʻtkaziladi

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. 2018 yil 14 fevral kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida "Dutorchilar" ansambli kontsert dasturini namoish etadi, deb xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi "Dutorchilar" ansambli Alisher Navoiy hamda Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bagʻishlab, "Nazm va Navo" kontsert dasturini taqdim etadi", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar
Eslatib oʻtamiz, 1979 yil Hukumat qaroriga binoan Oʻzbekiston Davlat televideniya va radio komiteti qoshida tashkil etilgan "Dutorchi qizlar" ansambli Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan barcha bayram tantanalarida, kontsertlarida, ijodiy uchrashuvlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Ansambl tashkil topgandan to hozirga qadar 600 dan ziyod asarlari Oʻzbekiston radiosining «Oltin fondi"da saqlanib, vaqti-vaqti bilan radio efirida taralib kelmoqda.

2014 yil oktyabr oyidan badiiy jamoalar ijodiy birlashmasiga "Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi" nomi berildi. Barcha ansambllar shu jamoada ish faoliyatini davom ettira boshladilar. Shular qatori "Dutorchilar" ansambli ham shu jamoada ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2016 yildan to shu bugungi kungacha Gʻ.Toshmatov nomidagi "Dutorchilar" ansambliga Oʻgʻiloy Qosimova badiiy rahbarlik qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0