Urganch - Xiva temir yoʻl liniyasi joriy yilda foydalanishga topshiriladi

© Sputnik / Vitaliy AnkovRabotы na jeleznoy doroge
Rabotы na jeleznoy doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Loyiha doirasida Xiva shahrida bir vaqtning oʻzida 200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, milliy uslubi uygʻunlashgan temir yoʻl vokzali ham barpo etilmoqda

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Urganch — Xiva temir yoʻl liniyasi joriy yilda foydalanishga topshiriladi. Hozirgi kunda qadar Urganch — Xiva yangi temir yoʻl liniyasida umumiy uzunligi 29,6 kilometr temir yoʻllar yotqizildi, deb xabar qiladi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ axborot xizmati.

Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Urganch-Xiva temir yoʻl liniyasi 2017-2018 yillar oraligʻida ishga tushadi
"Boshtransloyiha" aktsiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan loyihaga koʻra, ushbu yangi temir yoʻli joriy yilda foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan. Loyiha qiymati 35,9 million AQSH dollariga teng.

Qurilish-montaj jarayonida jami 831 ming metr kub tuproq ishlari bajarildi. Yoʻl boʻylab 124 ta sunʼniy inshoot ham barpo etildi. Bunyodkorlik ishlari davomida 6 ta yoʻl oʻtkazgich va koʻpriklar qurildi.

Loyiha doirasida Xiva shahrida bir vaqtning oʻzida 200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, milliy uslubi uygʻunlashgan temir yoʻl vokzali ham barpo etilmoqda. Yangi qurilayotgan vokzal binosining tashqi koʻrinishi Xorazm meʼmorchiligi namunalarini oʻzida aks ettiradi. Vokzal soʻnggi rusumdagi asbob-anjomlar bilan jihozlanadi. Bu yerda zamonaviy VIP-zali, ona va bola xonasi, tibbiyot xonalari quriladi.

Loyihaga koʻra binoning kiraverishida zamonaviy va mahalliy uslublar uygʻunlashgan koʻrkam foye ham oʻrin olgan. Rejaga muvofiq uning oldi qismida zamonaviy, musiqali favvora oʻrnatiladi. Bu yerda yuqori tezlikdagi Internet xizmatini Wi-Fi texnologiyasi orqali tarqatish uskunalarni oʻrnatish ham koʻzda tutilgan. Ayni paytda bu yerda qurilish-montaj ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0